Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?
15.04.2019 17:08,  
11

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqoti samimiy va amaliy ruhda o‘tdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi  hamkorlikning turli sohalariga oid o‘nga yaqin hujjat imzolandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qo‘shma bayonotni qabul qildilar. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish to‘g‘risida memorandum  va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolangan.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Qozog‘iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum qabul qilingan.

Ushbu davlat tashrifi mamlakatlarning strategik sheriklikni mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga intilishi qat’iy ekanini ko‘rsatdi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан