Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari analoglari bilan bog‘liq jinoyatlar ham ta’qib qilinadi
1.10.2018 16:51,  
19

Oliy Majlis Senatining 16-chi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun ma’qullandi.

Mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksiga giyohvandlik vositalari analoglari degan tushuncha kiritildi.

Unga ko‘ra, giyohvandlik vositalarining analoglari – kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalariga o‘xshash bo‘lgan, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalardir.

Amaliyotda giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga doir jinoyatlarni malakalashda 2015 yil 12 noyabrdagi 330-sonli qaror bilan tasdiqlangan I, II i III ro‘yxatlardan foydalanib kelinmoqda.

Biroq, Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yildan 2018 yilning 7 oyi davomida respublika hududida muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilmagan sintetik kannabinoidlarning 8 ta yangi turi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, endilikda Jinoyat kodeksi bilan giyovandlik vositalari va prekursorlar bilan bir qatorda giyohvandlik vositalarining analoglari bilan bog‘liq jinoyatlar ham ta’qib qilinadi.

Qonun prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан