Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda oylik maoshlar, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oshiriladi
13.10.2018 20:23,  
1472

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 oktyabr kuni ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

Jumladan, eng kam:

  • ish haqi — oyiga 202730 so‘m (hozirda — 184300 so‘m);
  • yoshga doir pensiyalar va bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396500so‘m (360460);
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243300 so‘m (221190) miqdorida belgilandi.

Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlarga ish haqining qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorlarini eng kam ish haqiga muvofiq oshirish tavsiya etildi.

Bunga qadar eng kam ish haqi 2018 yil 15 iyulda o‘rtacha 7 foizga oshirilgan edi.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi sentyabrda tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,8 foizga, yil boshidan esa 8,1 foizga oshirilganini xabar qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан