Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar koronavirusga qarshi burunga sepadigan sprey yaratdilar
29.09.2020 13:41,  
625

Avstraliyaning Ena Respiratory kompaniyasi koronavirusning nafas yo‘llarida tarqalishini oldini oluvchi burun spreyi yaratdi.

Olimlar sassiqo‘zan (xorka) larda tajribalar o‘tkazdilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, INNA-051 burun va tomoqdagi virus replikatsiyasini 96 foizga kamaytirib, yuqtirish xavfini kamaytiradi va yuqish ehtimolini pasaytiradi.

"Biz davolanishimiz qanchalik samarali ekanligidan hayratda qoldik. Davolashimiz bilan jonivorlarning tabiiy immunitetini oshib, virusning tezda yo‘q qilinishini ko‘rdik", - deydi Ena Respiratory boshqaruvchi direktori doktor Kristof Demezon.

INNA-051 spreyi, dastlab shamollash va grippdan himoyalanish uchun ishlab chiqilgan edi, ammo uning samaradorligi to‘g‘risida aniq dalillar bo‘lmaganligi sababli tasdiqlanmagan.

Avvalgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, u astma bilan kasallangan odamlarda tomoq hujayralarining virusga qarshi ta’sirini tezlashtiradi va sichqonlarda, odamlarda shamollashni keltirib chiqaradigan rinoviruslarga qarshi uzoq muddatli himoya qiladi.

Ena Respiratory kompaniyasining ta’kidlashicha, kompaniya muvaffaqiyatli tadqiqotlar va me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash sharti bilan INAA-051'ni odamlarda to‘rt oydan kamroq vaqt ichida sinovdan o‘tkazishga tayyor bo‘ladi.

"Bizning dori vositasida virusga duchor bo‘lgan odamlar virusni tezda yo‘q qilishadi va davolash kasallik yengil alomatlardan uyog‘iga o‘tmasligini ta’minlaydi. Bu, ayniqsa, jamiyatning zaif a’zolari uchun to‘g‘ri keladi", - dedi Demezon.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан