Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy sud Otabek Murodovga nisbatan choralar qo‘llanilishi to‘g‘risida xabardor qilinmagan
25.06.2019 16:51,  
81

O‘zbekiston Oliy sudi sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan choralar qo‘llanilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emas. Bu haqda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi raisi Ikrom Muslimov seshanba kuni Axboro va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

«Gazeta.uz» nashri Otabek Murodovga nisbatan qanday turdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida savol berdi. Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi.

«Bugungi kunda biz bunday ma’lumotga ega emasmiz, siz huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishingiz mumkin… Bizda Otabek Murodovga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi bo‘yicha materiallar yo‘q», — dedi Ikrom Muslimov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан