Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltin narxi troya unsiyasi uchun $1935 gacha ko‘tarildi
27.07.2020 13:00,  
277

Oltinning narxi 1,9% ga ko‘tarilib, 1 troya unsiyasi 1935 dollardan taklif qilinmoqda. Bu haqda Comex birjasining savdo ma’lumotlari asosida "Kommersant’" nashri xabar bermoqda. Bu butun savdo tarixida ushbu metall uchun eng yuqori narx sanaladi. Bu boradagi avvalgi rekord 2011 yil 6 sentyabrda o‘rnatilib, bir unsiya oltin narxi 1920 dollarga taklif qilingan edi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, COVID-19 koronavirus pandemiyasi sharoitida, qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab Markaziy banklar tomonidan iqtisodiyot uchun keng ko‘lamli pul stimulyasiyasi dasturlari, AQShning qarz majburiyatlari bo‘yicha salbiy real stavkalar, shuningdek kumush ishlab chiqarishning kutilayotgan pasayishi tufayli yuzaga kelmoqda.

O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari hajmi 2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 32,3 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu zaxiraning 19,4 milliard dollarlik qismi monetar oltindan tashkil topgan. Oltin narxi o‘sishi bilan ushbu zaxira hajmi ham ortgan. Hozircha aniq qanchaga oshgani haqida ma’lumot berilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан