Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek eksportchilari Malayziyaga gilos eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqda
13.06.2020 13:06,  
183

Malayziya bozori ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida O‘zbekistondan yangi uzilgan giloslarning birinchi sinov partiyasi ushbu mamlakatga jo‘natildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.

Eksport «Green Food Export» MChJ tomonidan amalga oshirilgan. Sinov partiyasi hajmi 1 tonnani tashkil etadi. Yuk "Product of Uzbekistan" (O‘zbekiston mahsuloti) maxsus belgisi bilan yorliqlangan.

«Green Food Export» kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yangi mahsulot katta qiziqish uyg‘otdi va kompaniya Malayziyaga meva eksportini ko‘paytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Malayziyaning etakchi chakana savdo tarmoqlari bilan muzokaralar olib borilmoqda, shuningdek, joriy yilning avgust oyida eksport qilinadigan tovarlarga qo‘shimcha ravishda boshqa turdagi meva va sabzavotlarni ham etkazib berish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан