Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston 5 oyda qancha oltin sotgani ochiqlandi
24.06.2020 10:39,  
432

2020 yil yanvar-may oylarida eksport tarkibida oltinning ulushi 31,9 foizga teng bo‘ldi.

2020 yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston 1,64 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish 33,3 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-may oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 31,9 foizga teng bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан