Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab 46 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
6.05.2020 13:08,  
328

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, yurtimizning bir yo‘la ikki hududidan: Andijon viloyatidan 7 nafar, Namangan viloyatidan 31 nafar, jami 38 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda.

Namanganda sog‘ayganlarning 14 nafari erkak, 17 nafari ayollar bo‘lib, ularning ham barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 3 nafar, jami 8 nafar koronavirusga chalingan bemorlar to‘liq sog‘aydi.

Buxoroda shifo topganlarning 4 nafari ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 14 yosh.

Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda tuzalganlarning 3 nafari (7 yoshli, 31 yoshli hamda 78 yoshli) ham erkak bo‘lib, ushbu viloyatning Toyloq tumanidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Sog‘ayganlar ayni paytda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1547 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан