Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab 55 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
30.05.2020 17:30,  
316

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida bir yo‘la 37 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 7 nafar, jami 44 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 78 yoshli onaxon bo‘lsa, yoshi kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Xorazm viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 7 nafar, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Toshkent shahridan 2 nafar, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 9 nafar, jami 11 bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Qoraqalpog‘istonda tuzalganlarning 2 nafari ham erkak bo‘lib, 1 nafari Buxoro viloyatidan, yana 1 nafari esa Xorazm viloyatidan. Endilikda Qoraqalpog‘istonda shifo topganlar 129 nafarga yetib, davolanayotganlar 6 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu hudud koronavirusdan xoli bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Toyloq tumanidan 3 nafardan, Pastdarg‘om, Urgut va Oqdaryo tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 25 yoshda. 

Shunday qilib, bugun hozirga qadar 55 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2783 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан