Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekiston xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushiriladi
3.06.2020 11:12,  
118

Avval xabar qilganimizdek, «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

O‘zbekistonda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha kengash tashkil etildi

Farmonga ko‘ra, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo‘yicha:

- keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;

- keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi.

Shuningdek, 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан