Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ba’zi fuqarolarga pensiya imtiyozlari belgilanadi
4.12.2019 07:59,  
1989

O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatchisi sifatida ishlagan fuqarolarga pensiya imtiyozlarini belgilanadi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Tegishli Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PF–5843-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturining 12-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 1 fevral, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 1 mart.

Bundan tashqari, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mo‘ljallanmoqda. Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 11 sentyabrdagi PF–5817-son Farmonining 7-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini, iste’molchilar huquqlarining buzilishi holatlari aniqlanganda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining ushbu tashkilotlar bilan hamkorligi, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) mustaqil ekspertizasini o‘tkazish mexanizmi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart”. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 1 fevral, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 1 mart.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан