Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 17 mingdan oshib ketdi
20.07.2020 17:11,  
267

2020 yil 20 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 149 (+183) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 29 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 13 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 26 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 9 nafar, jami 108 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 9 387 (+108) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 7 672 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан