Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 37 366 nafarga yetdi
20.08.2020 10:03,  
196

2020 yil 20 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 366 (+254) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda yana 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli K.K. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 54 yoshli I.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 32 944 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 172 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 330 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан