Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 50 872 nafarga yetdi
19.09.2020 19:33,  
371

2020 yil 19 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 872 (+238) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 183 nafari Toshkent shahrida, 33 nafari Namangan viloyatida hamda 22 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, asli  Kitob tumanilik, poxtaxtimizda davolangan 70 yoshli R.S. (ayol) hamda Olmaliq shahrida yashagan 71 yoshli Z.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 236 nafar, Toshkent viloyatida 89 nafar, Namangan viloyatida 72 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida ham 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 47 121 (+476) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 326 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан