Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2 ming nafardan oshib ketdi
12.05.2020 18:03,  
303

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Andijon viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 2 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 8 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.

Shu paytgacha Andijonda koronavirus infeksiyasining aniqlanish holati 169 tani tashkil etmoqda, bugungi kunda viloyatda 7 nafar bemor davolanmoqda.

Surxondaryoda tuzalganlarning 1 nafari (64 yoshli erkak) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana 1 nafari (43 yoshli erkak) esa Samarqand viloyatidan bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi avtomashina haydovchisi. U Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan va karantinga olingan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 38 nafarga yetdi. Bugungi kunda ushbu hududda 6 nafar bemor davolanmoqda.

Namanganda sog‘ayganlarning 2 nafari ham ushbu viloyatdan (54 yoshli erkak Namangan tumanidan, 72 yoshli erkak Namangan shahridan). Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Endilikda viloyatda tuzalganlar 197 nafarni tashkil etmoqda. Bugungi kunda ushbu hududda 39 nafar bemor davolanmoqda.

Shuningdek, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida yana 2 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Andijon viloyatidan. Ulardan 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Rossiyadan, yana 1 nafari Tojikistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 72 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 3 nafari Qozog‘istondan, yana bir nafari esa Dubay-Toshkent charter reysi bilan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, ular Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri, shuningdek, Tojikiston Respublikasidan 1 nafardan fuqaroni tashkil qiladi. Ular orasida eng yoshi kattasi 47 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda.

Surxondaryoda tuzalganlarning 2 nafari ham (49 yoshli erkak Jarqo‘rg‘on tumanidan, 33 yoshli erkak Angor tumanidan) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2010 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан