Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 4000 kishiga yaqinlashdi
15.06.2020 15:21,  
120

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 33 nafar, jami 42 nafar bemor sog‘aydi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, sog‘aygan bemorlarning 5 nafari poytaxtlik, 2 nafari Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan, 1 nafari Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan, yana bir nafari esa Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanidan.

Navoiy viloyatidan tuzalganlarning 25 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 50 yoshda, yoshi kichigi 2013 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 31 nafari viloyatning o‘zidan, 2 nafari esa Namangan viloyatidan.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3985 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан