Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari koronavirusga test topshirishi tasdiqlandi
26.08.2020 11:07,  
784

Maktablar ochilishidan oldin o‘qituvchilardan koronavirusga test olinadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga o‘qituvchilardan koronavirusga test olish bo‘yicha topshiriq berilgan. Unga ko‘ra, o‘qituvchilarning hammasidan dars boshlanishidan oldin va ma’lum intervalda koronavirusga test olib turish masalasi ko‘rilmoqda», – degan vazir.

Shermatov bunda inobatga olish kerak bo‘lgan jihatlar o‘qituvchilar sonining 500 ming nafarga yaqinligi, kunlik test topshirish imkoniyati cheklanganligi ekanini bildirgan.

«Vazifa aynan shu mexanizm ustida ish olib borgan holda vazifani amalga oshirilishi kerak», – degan Sherzod Shermatov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан