Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda «Palov indeksi» ma’lumotlari shakllantiriladi
10.01.2020 11:36,  
267

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududiy markazlarida joylashgan yirik umumiy ovqatlanish muassasalari (jumladan, “Osh markazlari”)dagi 1kg palov uchun sarflanadigan masalliqlar ro‘yxati, shuningdek, ularning narxlari (qiymati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilib borilmoqda. Qo‘mita axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ma’lumotlarning shakllanish jarayoni bir necha bosqichdan iborat:

1. Respublikaning barcha hududlarida 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqilib, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha masalliqlar ro‘yxati shakllantirildi.

Unga ko‘ra:

- O‘simlik yog‘i (300 gr.);

- Piyoz (300 gr.);

- Mol go‘shti (700 gr.);

- Sabzi (1 kg.);

- Guruch (1 kg.);

- No‘xat (100 gr.);

- Mayiz (50 gr.);

- Ziravorlar (10 gr.);

- Osh tuzi (5-10 gr.).

2. Hududlardagi umumiy ovqatlanish muassasalarida

“1 porsiya” palovning o‘rtacha narxini ro‘yxatga olinadi

(1 hududdan kamida 3 ta muassasa).

3. 1 kg tayyor palovning qiymati hisoblanadi (barcha sarf-xarajatlarini inobatga olgan holda).

4. Ma’lum davriylikda 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar narxlarining o‘zgarishi kuzatiladi.

5. Shakllangan tahliliy ma’lumotlar ma’lum davriylikda e’lon qilib boriladi.

Ana shunday bosqichlarda “Palov indeksi” ma’lumotlari shakllantiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан