Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolar koronavirusdan tuzaldi
29.05.2020 16:51,  
143

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar, jami 29 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 5 nafar, Andijon shahridan 3 nafar, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan 2 nafar, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri va Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichigi esa 19 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri hamda Tojikiston Respublikasidan 1 nafardan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 997 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1019 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu (Toyloq tumanidan 4 nafar, Samarqand shahridan 2 nafar va Pastdarg‘om tumanidan 1 nafar) viloyatdan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichigi 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 265 nafarga yetdi.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2723 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан