Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus aksiya boshlandi (video)
23.07.2020 10:36,  
244

«Yuksalish» umummilliy harakati koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik bildirish maqsadida maxsus fleshmob-aksiyani boshladi. 21 iyul kuni aksiya doirasida Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi hamda Hilton mehmonxonasining LED ekranlarida «O‘zbekiston shifokorlariga rahmat» yozuvlari paydo bo‘ldi.

«O‘zbekiston dunyo mamlakatlari qatorida koronavirus sinovidan o‘tmoqda. Bunda tibbiyot xodimlarining xizmati katta. Ular ayni vaqtda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda old saflarda turib jang qilmoqda va har kuni haqiqiy qahramonlar kabi jasorat ko‘rsatib, bemorlar hayotini saqlab qolmoqda.

Dunyo bo‘yicha odamlar pandemiyaga bilan kurashayotgan shifokorlarga turli yo‘llar bilan minnatdorlik bildirmoqda. Ko‘pchilik asfalt ustiga «rahmat» so‘zini yozib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tashakkur aytmoqda. Shifokorlarga bunday ta’zim shak-shubhasiz hurmat-ehtirom va e’tirof namunasidir.

Mamlakatimiz shifokorlarining koronavirus bilan kurash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik izhor qilish maqsadida «Yuksalish» umummilliy harakati «O‘zbekiston shifokorlariga rahmat» mavzusida fleshmob-aksiyasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqmoqda», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, aksiya doirasida Humo Arena muz saroyi hamda Hilton mehmonxonasining LED ekranlarida targ‘ibot roligi namoyish etilgan. Katta ekranlarda shifokorlarga minnatdorlik bildirilgan so‘zlar paydo bo‘lgan. Namoyish mahalliy telekanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан