Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi diniy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlari ham qisqartiriladi
16.05.2020 11:21,  
1159

Ma’lum qilinishicha, Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida tasdiqlangan qabul Nizomiga ko‘ra o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qilish 15 iyundan 5 iyulgacha, oliy diniy ta’lim muassasalarida esa 15 iyundan 15 iyulgacha o‘tkazilishi belgilangan.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida diniy ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish yuqorida qayd etilgan muddatlarda onlayn, masofaviy shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov xabar berdi.

  • Avvalgi yillarda qabul imtihonlari o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 3 ta fan (Chet tili, Tarix, Ma’naviyat va ma’rifat) bo‘yicha test sinovi shaklida;
  • Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida “Arab tili” fani bo‘yicha ijodiy imtihon, “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fani bo‘yicha test sinovi shaklida;
  • Hadis ilmi maktabida “Hadis va mustalahul hadis”, “Arab tili” fani bo‘yicha ijodiy imtihon, “O‘zbekiston tarixi” fanidan test sinovi shaklida o‘tkazilgan edi.

Yurtimizda karantin tartiblari davom etayotgani va abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020-2021 o‘quv yili uchun diniy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlarini istisno tariqasida fanlarni qisqartirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar, oliy diniy ta’lim muassasalariga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar qabul qilinishi eslatib o‘tilgan.

Kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan berilishi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан