Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi to‘yda qatnashgan qozog‘istonlik ayolning koronavirus yuqtirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
1.04.2020 12:43,  
1216

30 mart kuni Qozog‘iston va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalarida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan qozog‘istonlik ayol Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida yashovchi qarindoshining to‘yida bo‘lgani, ayol bilan yana 13 odam O‘zbekistonda bo‘lib qaytgani va ularning barchasi karantinga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarda aytilishicha, Yenbekshiqazaq tumanida 1960 yilda tug‘ilgan G. ismli ayol o‘z qarindoshlari bilan 26 mart kuni qaytgan va ular chet elga chiqib kelgan fuqaro sifatida karantinga olinib, COVID-19 infeksiyasiga tahlillar olingan. Tekshiruvdan so‘ng, ayolda laboratoriya tahlillar natijalari bo‘yicha koronavirus borligiga gumon qilinib, Yesik shahridagi kasalxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bu borada Qozog‘iston Respublikasining tegishli idoralari tomonidan O‘zbekistonga rasmiy ma’lumot kelib tushmagan.

Lekin mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat tufayli ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarga asoslanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan guruh tashkil etilib, chuqurlashtirilgan profilaktik chora-tadbirlar (epidemiologik surishtiruv) o‘tkazilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tadbirlar davomida quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 14 mart kuni Qozog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi 20 nafar fuqaro (shularning 3 nafari voyaga yetmagan) mikroavtobusda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga mehmonga kelib, shularning Yesik shahridan bo‘lgan 16 nafar fuqaro (2 nafari voyaga yetmagan) To‘rtko‘l tumani “Tozabog‘yop” OFYda yashovchi fuqaroning uyida mehmon bo‘lib qolgan.

Taraz shahridan bo‘lgan 4 nafar fuqaro (1 nafari voyaga yetmagan) Ellikqal’a tumani “Ellikqal’a” OFYda yashovchi fuqaroning uyiga mehmonga ketgan.

Qozog‘istonlik fuqarolarning respublikamizga kelishdan maqsadi to‘y marosimlarida ishtirok etish bo‘lgan.

14-25 mart kunlari oralig‘ida To‘rtko‘l tumanida bo‘lgan fuqarolar 3 xonadonda mehmonda bo‘lib, 2020 yil 18 mart kuni nikoh to‘yda qatnashgan. Ellikqal’a tumanida bo‘lgan fuqarolar 2 xonadonda mehmonda bo‘lgan.

Qozog‘iston Respublikasidan mehmonga kelgan 20 nafar fuqaro 2020 yil 25 mart kuni To‘rtko‘l tumanidan Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga chiqib ketgan. Yo‘lda ketayotib hech qayerda to‘xtamagan, boshqalar bilan muloqot qilmagan, o‘zlarining yonida bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan.

Qozog‘iston fuqarolarining barchasi 26 mart kuni o‘z manzillariga yetib borgan va ular tegishli tartibda karantinga olingan. Ularning ichida 60 yoshli ayolda laboratoriya tekshiruvlari natijasi bo‘yicha koronavirus kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joylashtirilgan.

Kasallik bilan gumon qilingan fuqaroning yaqinlari bergan ma’lumoti bo‘yicha, ayolning laboratoriya tekshiruv natijasi koronavirusni ko‘rsatgan bo‘lsa ham, ayolda va u bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolarda kasallik belgilari yo‘q ekani, ularning ahvoli yaxshi ekani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida qozog‘istonlik fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan odamlar aniqlanib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, tegishli laboratoriya tahlillari olindi. Ularning tana harorati nazoratga olinib, 14 kunlik uy sharoitidagi karantinga olindi. Shu kunga qadar bu fuqarolarning hech birida koronavirus kasalligining belgilari aniqlanmadi.

Bu holat bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda. Ularning natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida profilaktik tadbirlarning o‘tkazilayotgani aholi orasida bu tumanlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan degan noto‘g‘ri ma’lumotlar, turli mish-mishlarning tarqalishiga sabab bo‘lyapti. Biroq bu profilaktik tadbirlar aynan infeksiya tarqalishining oldini olish uchun o‘tkazilayotganini ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан