Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pirelli shinalari haqida 9 qiziqarli fakt
9.08.2016 08:48,  
363

Shinani gohida “qora oltin” deb atashadi. Chunki manzilga yetishimiz har jihatdan avtomobilning g‘ildiragiga kiydirilgan shinaga bog‘liqdir. Biz Italiyadagi Pirelli kompaniyasining zavodlaridan birida shina ishlab chiqarilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdik.

  1. 4 soatda yangi shina

Bitta pokrishkani tayyorlashga to‘rt soatga yaqin vaqt ketadi. Har 40 daqiqada rezina gazlama (polotno) uchun qorishma tayyorlanadi. So‘ng unga ishlov beriladi va bo‘rtma-o‘yma naqsh tushiriladi. Bu 120 daqiqacha vaqtni oladi. So‘ng esa yig‘ish, vulkanizatsiya, o‘lchamiga yetkazish va yakuniy tekshiruv ishlari bajariladi. Yaroqsiz (brak) mahsulot hissasi umumiyning 2 foizi ga yaqin. Yaroqsiz shinalar tashlab yuborilmasdan birinchi nav (sort) rezinadan yasalmaydigan boshqa buyumlar tayyorlanadi.

  1. Qo‘l mehnatisiz

Shina ishlab chiqarishda ishchi qo‘lini sovuq suvga urmaydi. U texnikani boshqaradi xolos. Yarim tayyor mahsulotlar aylanuvchi baraban, fiksator, aylantiruvchi, eguvchi va boshqa turdagi moslamalardan belgilangan ketma-ketlikda o‘tadi. Operator tegishli vaqtda dastgohga yarim tayyor mahsulotni to‘g‘rilashi, ishlov berilgan mahsulotni chiqarib olishi, pokrishkaga shtrix-kod tushirishi, shinaning boshqa turini ishlab chiqarishga ehtiyoj tug‘ilsa, tizimni qayta sozlashi va barcha jarayonlarning soz bajarilishini nazorat ostida tutishi lozim. Bu zavod bir sutkada 13 ming pokrishka ishlab chiqarish quvvatiga ega.

  1. Robot yaxshimi insonmi?

Zavod sexlaridan birida 44 manipulyator Ferrari yoki Lamborghiniga o‘xshash VIP-buyurtmachilarga mahsulot tayyorlab beradi. Robotlar shina qismlarini maxsus barabanlarga yupqa rezina tasmalarini o‘rab tayyorlaydi. Barabandagi pokrishka nusxasi tayyor holga kelmaguncha manipulyatorlarning biridan ikkinchisiga o‘tib turadi. Avtomatlashtirilgan sexning bir qator afzalliklari bor. Birinchidan, ishlab chiqarish operatsiyalari soni kamayadi; ikkinchidan, ish aniqligi yuqori, mahsulot sifatli chiqadi; uchinchidan, bir vaqtning o‘zida turli pokrishkalarni tayyorlash mumkin, har bir robot qay turdagi shinani yasayotganini “biladi” va tegishlicha yig‘ish barabanini o‘zi tanlaydi. Biroq avtomat moslamalarning kamchiligi sekin ishlashidir. Ajablanmang, ha, robot sekin ishlashi mumkin. Vulkanizatsiyalashmagan shinani yig‘ishga robot 5-6 daqiqa sarflasa, yarim avtomat dastgoh ishchisi bu ishni 45 soniyada bajaradi. Shuning uchun ham robotlar eksklyuziv mahsulot tayyorlaydi.

  1. Vulkanizatsiya – eng nozik ish.

Pirelli zavodida shinalarning 152 turdagi nuqsoni aniqlangan. Nuqsonlarning yarmidan ko‘piga ayni shu bosqichda yo‘l qo‘yilgandir. Vulkanizatsiya yuqori harorat va bosim ostida o‘tkaziladi. Yarim tayyor mahsulot kameraga solinib protektor va shinaning teskari rasmi solingan iskanja bilan qisiladi. Ichki tarafidan maxsus qopcha vositasida damlanib rasmli iskanja devoriga rezina taqab siqiladi. Bu jarayon 175°S harorat ostida 15-20 daqiqa davom etadi.

  1. Yoqimli hiddan kuyindi hidigacha

Pokrishka ishlab chiqarish jarayoni turli kimyoviy islar hamrohligida kechadi. Har bir sexdan o‘zigagina xos is anqiydi. Bu islar orasida shirin qand hididan to vulkanizatsiya sexidagi badbo‘y kuyindi hidigacha bor. Biroq zavod deganda qurum bosgan binolar va tutuni ko‘kka o‘rlagan yo‘g‘on quvurlar xayolingizga kelmasin. Bizning shina zavodimiz shisha, beton va metalldan qurilgan qavatlari kam bino bo‘lib, ko‘kalamzorlashtirilgandir. Ha, zavodni gullar va daraxtlar o‘rab turadi, bir qarashda bu dargoh pokrishka ishlab chiqarishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yangi industrial zona barpo etilishida Italiyaning taniqli arxitektori “xay-tek” uslubi ustasi Renso Piano boshchilik qilgan. Bino tomiga o‘rnatilgan quyosh batareyalari zavod ehtiyojini to‘la qondiradi.

  1. Shina tarkibiga qiziqsangiz

Har qanday shina sun’iy va tabiiy turdagi kimyoviy mahsulotlardan ishlanadi. Sintetik va tabiiy kauchuk, oltingugurt, sanoat qurumi (promishlennaya saja), kremniy kislotasi, har xil moy va smoladan foydalaniladi; qatidagi pishiq iplari metall, polimer va to‘qimachilik ipidan tayyorlanadi. Ammo bu umumiy tavsif xolos. To‘la tarkibini bilish uchun mutaxassislarning og‘zini yaxshilab moylashga yoki chakkasiga to‘pponcha tirashga to‘g‘ri keladi. Chunki bu tijorat siridir.

Darvoqe, bir tavsiyani yodda tutish lozim. Pirellining bir turga mansub shinalari har xil mamlakatlarning geografik-iqlim sharoitini hisobga olib turli tarkibda ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, Rossiyaga va Braziliyaga mo‘ljallangan shinalar tarkibida farq bor. Shuning uchun Pirelli rasmiy do‘konlaridan xarid qilishni tavsiya etadi.

  1. Nemis mashinasi eng yaxshisi

Pirelli shinalari akvarejalashtirish, tormozlanish, ho‘l va quruq asfaltda, qor va muz ustida harakatlanishi bo‘yicha sinaladi. Silliq yurishi, salondagi va tashqaridagi shovqin, yeyilmasligi va tejamkorligi tekshiriladi.

Yo‘lga doir dasturlardan xulosa qilsak, italiyaliklar Audi, BMW, Volkswagen kabi nemis avtomobillarini yoqtirishini ko‘ramiz. Biroq so‘nggi paytda Pirelli o‘z mamlakati avtosanoati bilan ishlamoqda, zavod parklarida Alfa Romeo Giulia sedanlari paydo bo‘ldi.

  1. Haqiqiy sharoitda sinaganga nima yetsin

Kompaniyaning sinov poligonlaridan biri Milan atrofida joylashgan. Yo‘lni suv bostirish uchun 25 nasos va 18 kmli quvurlar tarmog‘i o‘rnatilgan. Suv purkagich moslamalar bir soniyada 135 litrgacha suv sarflaydi. Tajriba poligonining bir xususiyati shundaki, yo‘lning barcha qismini teng suv bostiradi, suv balandligini santimetrgacha aniqlikda ko‘tarish mumkin.

Mashinaning jilovi hamisha haydovchining izmida bo‘ladi. Shina ishlab chiqaruvchi har qanday korxona laboratoriyadan tashqari tabiiy sharoitda doimo tekshirib ko‘radi.

  1. Shinasozlar sutdan ham foydalanadi

Shina protektori (shinani teshilishdan saqlaydigan va yo‘lga yaxshi qadaladigan elementi) naqshidan qanday bosimga chidashi haqida bilish mumkin. Pirelli poligonidagi yo‘lning ostida maxsus fotolaboratoriya bor. Laboratoriya xonasining oynadan ishlangan shiftini tepadagi yo‘ldan mashina bosib o‘tadi. Sezgir fototexnika esa avtomobil, hatto, soatiga yuz km tezlikda o‘tsa ham shina suratini oladi. Tasvir aniq-tiniq chiqishi uchun tashqaridan oyna sirtiga sut va suv aralashmasi sepiladi.

manba: carzone.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан