Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident bank sektori bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
7.07.2020 10:23,  
312

6 iyul, dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Strategiya 2020 - 2025 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda asosiy e’tibor bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan.

Hozirda 6 ta tijorat banki – “Ipotekabank”, “Sanoatqurilishbank”, “Turonbank”, “Asakabank”, “Aloqabank” va “Agrobank” moliyaviy diagnostika, istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni boshlagan. Biroq, boshqa banklarni transformatsiya qilish ishlari yetarli darajada faol olib borilmayapti, dedi davlatimiz rahbari.

Bu kamchilikni bartaraf etish uchun

  • banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni xatlovdan o‘tkazish,
  • Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish topshirildi.

Yig‘ilishda banklarning kredit portfeli va loyihalar sifatini oshirish masalasi muhokama qilindi. Stress-testlar natijalariga ko‘ra, muammoli kreditlar ulushi bir necha barobar ko‘payishi mumkinligi, bu esa bank tizimi uchun jiddiy xatar ekani qayd etildi.

Shu munosabat bilan muammoli kreditlarni hududlar kesimida batafsil tahlil qilib, kredit portfeli sifatini saqlab qolish bo‘yicha ta’sirchan mexanizm ishlab chiqish ko‘rsatmasi berildi. Markaziy bank barcha tijorat banklari kredit portfellari xatlovdan o‘tkazilgach, qiyin ahvolga tushib qolgan har bir mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tiklash bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан