Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oxirgi yigirma yilda matematikadan bilim darajasi pasayib ketdi – Prezident (foto)
12.06.2020 18:26,  
331

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutiga tashrif buyurdi.

Davlat rahbari Oliy Majlisga shu yil yanvar oyidagi Murojaatnomasida har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishi rivojlantirilishini aytgan edi. Joriy yilda matematika ana shulardan biri sifatida belgilandi. 

Bu xalqimizni ham, ilmiy jamoatchilikni ham g‘oyat quvontirdi. Chunki matematika yurtimizda chuqur tarixiy asosga ega va bugungi kunda taraqqiyot uchun g‘oyat dolzarb.

Mamlakatimizda ushbu yo‘nalishni rivojlantirishda Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta o‘rin tutadi. 1943 yilda tashkil etilgan bu dargoh o‘tgan davrda matematik tadqiqotlarning yirik markazlaridan biriga aylangan. Bu yerda shakllangan algebra va funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha ilmiy maktablar jahon olimlari tomonidan e’tirof etilgan.

Lekin shu paytgacha institut eski, ta’mirtalab binoda ish yuritib kelayotgan edi.  Matematiklarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida Olmazor tumanidagi Talabalar shaharchasida yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Prezident bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Yangi imoratda 7 ta ilmiy laboratoriya va “Yosh matematiklar” markazi faoliyat yuritadi. Binoning shinam qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari, akademik va tadqiqotchilar uchun kabinetlar, kutubxona, majlislar zali, oshxona joylashgan. Xonalar eng ilg‘or texnika va uskunalar bilan jihozlangan.

- Bu zamonaviy institut barcha olimlar uchun ma’rifat markazi bo‘lishi kerak. Matematika ko‘p fanlarga yo‘l ochadi. Uni Talabalar shaharchasida barpo etganimiz bejiz emas. Bu institut ta’lim va ilm-fan o‘rtasida uzviylikni ta’minlashi, mamlakatimiz rivojiga zamin yaratishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda ta’lim sohasi mutasaddilari, rektor va matematik olimlar bilan muloqot bo‘ldi.

– Matematika fanining tamal toshini Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ bobolarimiz qo‘ygan. Bu bizning qonimizda bor. Lekin oxirgi yigirma yilda matematikadan bilim darajasi pasayib ketdi. Chunki o‘qituvchilarga kerakli e’tibor, munosib oylik berolmadik, pirovard maqsad qo‘ya olmadik. Buning oqibati hozir ko‘pdan-ko‘p sohalarda sezilyapti. Bugun bu fanni rivojlantirishdan maqsadimiz – matematika bo‘yicha raqobat muhitini yaratish, sanoat, muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash, – dedi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан