Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Mirziyoyev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik forumida ishtirok etdi
30.10.2020 15:00,  
144

Prezident Shavkat Mirziyoyev koreyalik hamkasbi Mun Chje Inning taklifiga binoan 30 oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tgan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Mun Chje Inning tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Mo‘g‘uliston davlat rahbarlari ham ishtirok etdi. 

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida jahondagi mushkul vaziyat va global inqiroz sharoitida aynan shunday ko‘p tomonlama muloqot yangi xatar va tahdidlarga samarali qarshi turish uchun imkoniyat yaratib, mamlakatlarimiz barqarorligi, farovonligi va izchil taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti xalqaro siyosatning eng muhim jihatlari va mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.

Muhim yo‘nalishlarda, shu jumladan, Koreya kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilayotgan farmatsevtika klasteri negizida samarali vaksina va zardoblar, kasalliklarni tez va aniq tashxislash tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish taklifi bildirildi.

Bundan tashqari, zamonaviy laboratoriyalar yaratish va chegaralardagi sanitariya nazorati punktlarini modernizatsiya qilish, yuqori malakali vrachlarni tayyorlash, tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish korxonalarini tashkil etish, mintaqada epidemiologik vaziyatni monitoring qilish va barvaqt prognozlashtirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish muhimligi qayd etildi.

Prezident Koreya Respublikasini mamlakatimizga raqamli va «yashil» texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri deb bilishini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston kelgusi yilda Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yashil» taraqqiyot va 2030 yilga qadar global maqsadlar uchun sheriklik xalqaro sammitida faol ishtirok etishi ma’lum qilindi.

Mirziyoyev o‘z nutqida samarali mintaqaviy transport yo’llarini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtatilib o‘tdi. Transsibir magistrali va «G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy» yo‘lagi marshrutlarini mintaqamizda yangi temir yo‘llar qurish loyihalari bilan bog‘lash zarurligi qayd etildi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан