Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi
31.07.2020 20:04,  
1027

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar iyul oyi boshida paydo bo‘lgandi. Ammo o‘shanda Qoraqalpog‘iston rahbariyati bu xabarlarni qat’iy rad etgandi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 18 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqida xabar bergandi. SSV Yerniyazovning ahvolini barqaror deb baholagandi. Musa Yerniyazovda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganidan beri u Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali klinikasida davolangan.

30 iyuldagi AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi Anvar Alimov Musa Yerniyazovning ahvoli og‘irligi va u sun’iy nafas olish apparatiga ulanganini ma’lum qilgandi.

Musa Yerniyazov 2002 yildan beri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан