Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston koronavirus epidemiyasi paytida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 734 mln dollar ajratdi
16.03.2020 17:07,  
678

Qozog‘istonda mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kamida 300 milliard tanga (734 mln dollar) mablag‘ ajratiladi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev televideniye orqali qilgan murojaatida aytib o‘tdi.

«Biz byudjet xarajatlarini biz uchun eng ko‘p foyda keltiradigan sohalarga yo‘naltiramiz. Mamlakatimiz tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kamida 300 milliard tanga ajratiladi», - dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan yangi COVID-19 koronavirusi pandemiya deb e’lon qilinganligi munosabati bilan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida Qozog‘istonda 2020 yil 16 mart 08:00dan 2020 yil 15 aprel 07:00gacha bo‘lgan muddatda favqulodda vaziyat joriy qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан