Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasmiy Qobul Tojikiston chegarasiga hujum qilgan “jangarilar” Afg‘onistondan o‘tganini rad qildi
8.11.2019 10:47,  
398

Afg‘oniston hukumati vakillari Tojikistonning “Ishkobod” chegara postiga hujum qilganlar mamlakatga Afg‘oniston orqali kirgan IShID jangarilari ekanligini rad qildi.

Afg‘oniston qurolli kuchlaridagi oliy martabali amaldorning aytishicha, IShID jangarilari kesib o‘tgan deya aytilayotgan Qunduz provinsiyasidagi Afg‘oniston va Tojikiston chegaralari ikki davlat tarafidan ham yaxshi qo‘riqlanadi. Bu hududdan 20 ta jangarining bildirmasdan o‘tib ketishi, juda oshirib yuborilgan, asossiz gap. Boz ustiga ikki davlat chegarachilari bu hududlardagi harakatlarni kuzatib turuvchi tarmoqqa ega.

Afg‘oniston rasmiylarining fikricha, ushbu jangari guruh Tojikiston hududida tuzilganini, buni asirga tushgan jangarilar ham tan olishadi. Shundan so‘ng, tojik maxfiy xizmati xodimlari afg‘on taraf bilan ham bu ma’lumotlarni bo‘lishishiga umid qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabrga o‘tar kechasi, 20 nafar qurollangan noma’lum shaxslar, Tojikistonning “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli Ishkoboddagi 4-sonli chegara zastavasiga hujum qilgani haqida xabar bergan edik. Hujum davomida, ular 5 ta AKM avtomatlarini qo‘lga kiritishgan edi. Harbiylarning operatsiyasi natijasida, hujum qilgan shaxslar o‘rab olinib, 15 tasi yo‘q qilingan va qolgan 5 tasi qo‘lga olingan edi.

Shundan so‘ng, Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston chegarasi yaqinidagi “Ishkobod” chegara postiga hujum qilganlar IShID jangarilari ekanini ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан