Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada yuz bergan avtohalokat oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi
19.08.2019 21:18,  
34

5 avgust kuni Krasnodar o‘lkasining Temryuk tumanida yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Ikki kishi vafot etgan, ulardan birining shaxsi aniqlanmoqda. Jarohatlangan hamyurtlarimiz kasalxonaga joylashtirildi, deb xabar beradi O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi.

Bosh konsulxona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olinib, konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilishda yordam ko‘rsatish uchun huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-863-285-50-57.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан