Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda giyohvandlik vositasi «sotuvchi»sida koronavirus aniqlandi
15.07.2020 17:27,  
242

2020 yilning 10 iyul kuni IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirida 38 yoshli U.D. 0,59 gramm «Gashish» giyohvandlik vositasini 500.000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlangan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, tadbirda ishlatilgan 250.000 so‘m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha U.D.ga tegishli modda bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ammo dastlabki tergov jarayonida U.D. «Covid-19» kasalligi bilan xastalanganligi aniqlanib, zudlik bilan unga nisbatan qo‘llanilgan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi «munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat» ehtiyot chorasiga almashtirilgan, U.D. karantinga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан