Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda MIB yakshanba kuni ham tadbirkor va aholi tinchini buzmoqda
24.02.2019 18:31,  
16

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi xodimlari yakshanba kunlari ham aholi va tadbirkorlarning elektr energiyasi, gaz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarini tekshirish bo‘yicha «reyd» o‘tqazmoqda.

Dam olish kunlaridagi bu tekshiruvlar fuqarolarning asosli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Samarqand shahri Registon maydoni yaqinida joylashgan savdo do‘koni egasining xabar berishicha, MIB xodimlari uning do‘koniga yakshanba 10 fevral kuni kelgan va elektr energiyasi uchun vujudga kelgan qarzdorlikni to‘lashni talab qilgan. «Yakshanba kuni banklar ishlamaydi va MIB talabini bajarish imkoni bo‘lmadi. Qarzdorlikni keyingi kunning o‘zida bank orqali ko‘chirib berdim, lekin shunga qaramay ham MIB hisob raqamiga qo‘shimcha ikki million so‘m qayta ulanish uchun to‘lab berishga majburlashdi. Yakshanba kuni avtomatdan uzishdi, nahotki, avtomatni qo‘l bilan yoqish ikki million tursa?» - deb fikr bildirdi tadbirkor.

Yakshanba kuni MIB xodimlarining ishga majburlanayotganligi mehnat qonunchiligiga ham ziddir. Mehnat kodeksining 129-moddasiga asosan yakshanba umumiy dam olish kuni hisoblanadi va 130- moddasiga asosan dam olish kunlari xodimlarni ommaviy ishga jalb etish taqiqlangan. Dam olish kunlari istisno tariqasida ayrim xodimlarni ishga jalb etish kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda, xodimning ixtiyoriy yozma roziligi va ikki hissa hak to‘lash sharti bilangina amalga oshirilishi mumkin. Samarqand shahar MIB bosh hisobchisi xodimlarning yakshanba kuni ishga chiqishi uchun kasaba uyushmasi bilan kelishuv, xodimlarning rozilik xatlarining borligi va qo‘shimcha hak to‘lanayotanligi bo‘yicha savolimizga javob bermadi.

Samarqand viloyat MIB rasmiy vakili xodimlarning yakshanba kuni ham ishga chiqarilayotganini tasdiqladi va bu holat hozirda xizmat safari bilan Samarqandga kelgan Majburiy ijro byurosi Markaziy apparati rahbariyatining topshirig‘i bilan amalga oshirilayotganini bildirdi. Ammo MIB rahbariyatning Samarqandga kelganligi va xodimlarning yakshanba kuni ishga chiqarilayotganligi bo‘yicha bog‘liqlik haqidagi savolga javob bermadi. Rasmiyning bergan malumotiga ko‘ra xodimlar faqat fevral oyidan yakshanba kunlari ishga chiqarilmoqda.

O‘zbekistonda yakshanba rasman dam olish kuni deb belgilangan va bu kuni odamlarning majburiy ijro xodimlari tomonidan bezovta qilinishini rasman to‘xtatishni so‘rab MIB Markaziy apparati rahbariyatiga murojaat etamiz.    

Mirzo Subxanov

msubkhonov.blogspot.com   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан