Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senat Oliy sudda muddatsiz ishlaydigan sudyani saylash haqida qaror qildi
29.02.2020 10:54,  
253

Oliy Majlis Senatining kecha, 28 fevral kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiga o‘zgartishlar kiritish masalasini ham ko‘rib chiqdi va bu masala bo‘yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

- Bobir Norboboyevich Islamov o‘n yil muddatga;

- Abdurasul G‘apporovich Eranov muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylanishi haqida qaror qabul qildi.

Foto: senat.uz

Shuningdek, Saylaubay Amanbayevich Mambetkadirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан