Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senatorlar yangi tahrirdagi bir qancha qonunlarni ma’qulladi
8.08.2020 11:54,  
253

O‘zbekiston Oliy Majlisi senatorlari tomonidan «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullandi (yangi tahrirda).

Qonun bilan ish bilan ta’minlashning samarali va istiqbolli yo‘nalishlari – kasbiy malaka va kompetensiyani rivojlantirish milliy tizimi, mehnat daftarchalari va shartnomalarining elektron hisobini yuritishni nazarda tutuvchi yagona milliy mehnat tizimi joriy etilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi mehnat bozori va bandlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, milliy ishchi kuchi sifatini oshirish uchun rag‘batlantirishni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirishni kuchaytirish, ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirishni mustahkamlaydi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Senat tomonidan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi (yangi tahrirda).

Qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi, jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash tartibi, ularga taqdim etiladigan xavfsizlik choralari va boshqa kafolatlar belgilanmoqda.

Qonunning qabul qilinishi odam savdosidan jabrlangan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qiladi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Senat tomonidan «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ma’qullandi.

Qonun bilan chet elda ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni ish qidirayotgan shaxslardan emas, balki ish beruvchilardan undirish belgilanmoqda.

Shuningdek, xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik ham nazarda tutilgan.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан