Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Bayrutdagi portlashdan so‘ng Livan xalqiga hamdardlik bildirdi
5.08.2020 14:47,  
144

Kecha 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrut shahrida dahshatli portlash yuz bergani haqida xabar bergan edik. Mamlakat ichki ishlar vazirligining aytishicha, ammiak selitra omborida portlash yuz bergan: 2750 tonna ammiak selitrasini saqlash xavfsizlik qoidalari buzilgani oqibatida yong‘in, so‘ng kuchli portlash yuzaga kelgan.

Livandagi portlash qurbonlari 78 nafardan oshdi (video)

Portlash oqibatida 78 kishi vafot etdi va 4000 kishi jarohatlangan. Livanda 3 kunlik motam e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi.

«O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi poytaxti Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi» - deyiladi prezident matbuot xizmati bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан