Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasining tashqi ishlar bo‘yicha rahbarini qabul qildi
2.03.2020 19:10,  
234

Bugun, 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Tashqi ishlar bo‘yicha komissiya devonxonasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yuqori martabali mehmon Prezidentimizga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Foto: president.uz

Shuningdek, Yan Szechi yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Xitoy rahbariyatining minnatdorligini yana bir bor izhor etdi va bu borada yaqindan hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

MAVZUGA DOIR: Abdulaziz Komilov Xitoy Kommunistik partiyasining tashqi ishlar bo‘yicha rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Xitoy sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан