Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Shovotlandiya” kafesiga qasddan o‘t qo‘ygan shaxs ushlandi
28.02.2021 11:48,  
568

Avval ma’lumot berganimizdek, Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko‘chasida joylashgan “Shovotlandiya” kafesida yong‘in sodir bo‘lib, oqibatida besh nafar fuqarolarimiz vafot etganligi aytilgandi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yong‘in yetkazgan shaxs joriy yilning 27 fevral kuni soat 03:30larda “Matiz” rusumli avtomashinada manzilga kelib, bino devorlariga o‘zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepib, so‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatib, yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng voqea joyini yashirincha tark etgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyat muqaddam JKning 164-moddasi 4-qismi, 168-moddasi, 3-qismi, 127-moddasi, 3-qismi bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан