Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Singapur va Janubiy Koreya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi ​
23.07.2020 16:01,  
177

Kecha, 22 iyul kuni Koreya Respublikasi hukumati taqdim etgan va mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordamining ikkinchi jo‘natmasi ortilgan «Korean Air» aviakompaniyasi samolyoti O‘zbekistonga yetib keldi.

Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 144 ming dona tibbiy niqobdan iborat insonparvarlik yordamining birinchi jo‘natmasi joriy yilning 10 iyul kuni yetkazib berilgan edi. Hozirgi ko‘mak yukida 206 ming dona shu kabi tibbiy niqoblar mavjud.

Ta’kidlash joiz, koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonda tarqalishining dastlabki kunlaridan boshlab Koreya Respublikasi mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga doimiy ravishda texnik va maslahat yordamini ko‘rsatib kelmoqda.

Xususan, koronavirus tarqalishining dastlabki bosqichida professorlar Soy Chje Uk va Yun Sing Ju maslahatchi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib, mahalliy mutaxassislarga kasallikka qarshi kurashda yordam berdi. Aprel oyi oxirlarida mamlakatimizga qiymati 250 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan diagnostika to‘plamlari taqdim etildi. Bundan tashqari, Koreya Respublikasining elchixonasi, Xalqaro hamkorlik agentligi, Xalqaro sog‘liqni saqlash va tibbiyot jamg‘armasi, Suv korporatsiyasi, Yer va uy-joy korporatsiyasi (LH) ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga yordam ko‘rsatdi. Janubiy Koreya kompaniyalari ham bu jarayonda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik bundan keyin ham o‘zaro yordam va hamkorlikni yanada mustahkamlashga imkon beradi, deya qayd etiladi Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi xabarida.

Shuningdek, «Dunyo» axborot agentligining ma’lum qilishicha, Cingapurning «Temasek Foundation» fondi 30 dona «Yuwell 7F-5» kislorod konsentratorini beg‘araz asosda taqdim etdi. 22 iyul kuni yuklarni O‘zbekiston tomoniga rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kislorod konsentratorini mamlakatimizga jo‘natish bilan bog‘liq tashkiliy jarayon O‘zbekistonning Cingapurdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirildi.

Cingapur tomonining 30 ta kislorod konsentratorini yetkazib berish bo‘yicha qaror O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kompleks chora-tadbirlar va qat’iy harakatlarni amalga oshirish maqsadida o‘z vaqtida va manzilli ko‘rsatilgan yordam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bu hamkor mamlakatning O‘zbekiston tibbiy muassasalarining samarali faoliyat yuritishi uchun taqdim qilgan ikkinchi insonparvarlik yordamidir. Bundan oldin Cingapur mamlakatimizga 5 ming dona PSR test tizimlarini yuborgan edi.

Uskunalarni mamlakatimizga olib kelish uchun 22 iyul kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan Shanxay shahri orqali reys tashkil qilindi. Ayni paytda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi kislorod konsentratorlarini qabul qilib oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан