Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Slovakiyada koronavirus tufayli favqulodda vaziyat e’lon qilindi
30.09.2020 16:43,  
146

Slovakiya hukumati chorshanba kuni, 1 oktabrdan respublikada favqulodda vaziyatni (FV) joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Bosh vazir Igor Matovich jurnalistlarga aytib o‘tdi. 

"Koronavirusga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida hukumat mening taklifimga binoan 1 oktyabrdan favqulodda rejimni joriy etishga qaror qildi, bu bahordan farqli o‘laroq nafaqat sog‘liqni saqlash sohasiga, balki bizning jamoat hayotimizning ba’zi boshqa sohalariga ta’sir qiladi", - dedi Matovich.

Avvalroq, favqulodda rejim Slovakiyada ushbu bahorda, pandemiyaning birinchi to‘lqini paytida, 16 martdan 16 iyungacha ishlagan.

Payshanba kunidan boshlab odamlar o‘rtasida masofa 2 metrdan kam bo‘lishi sharti bilan fuqarolar nafaqat yopiq joylarda, balki ochiq joylarda ham niqob taqib yurishlari majburiy bo‘ladi. Ommaviy tadbirlarda ko‘pi bilan 50 kishi ishtirok etishi mumkin.

O‘tgan kun davomida Slovakiyada koronavirus bilan kasallanganlarning soni rekord darajada ko‘paygan - 567 kishi, 75-78 yoshdagi uch bemor kasalxonalarda vafot etgan. Ayni paytda 5698 kishi kasal bo‘lib, ulardan 206 nafari kasalxonaga yotqizilgan, shundan 34 nafari og‘ir ahvolda.

Pandemiya davrida respublikada jami 10141 kishi koronavirus bilan kasallangan, 4395 kishi sog‘aygan, 48 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан