Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmanov homiyligida tekinga yurakka stent qo‘yilayotgani rostmi?
15.12.2020 20:57,  
4183

Yolg‘on piar. 

Bugun internetda mana shu xabar tarqaldi. 

Alisher Usmanov homiyligida Fedorovichda uch oy davomida tekinga yurakka stend qo‘yilayotgan ekan.

Ayrim yurtdoshlarimiz yurak hastaligidan aziyat chekmoqda. 

Ayrim yurtdoshlarimizda davolanish uchun yetarli mablag‘ yo‘q. 

Iltimos kimdir yurak bo‘yicha hasta bo‘lsayu, imkon topolmasa davolatishga, o‘zgalar dardiga befarq bo‘lmay, ushbu xabarni yetkazing. 

Yurak hastaligidagi davolatishga sharoiti yo‘q yurtdoshlarimizga amaliy yordam beraylik.

———

Lekin xabarni tekshirib ko‘rdim, mijoz bo‘lib shifoxonaga telefon qildim, lekin telefonga hech kim javob bermadi. Keyin o‘sha yerda ishlaydigan bir tanish topdim va shu ma’lumot haqida surishtirdim, tanishim bunday ma’lumotni tasdiqlamadi, aksincha bu bir piar ekanligini ta’kidladi, ha, ularda yurakka stent qo‘yish amaliyoti klinikada bor ekan, lekin arzimagan 30-50 mln atrofida turar ekan. (Bu tanishimning gapi.) 

Shuning uchun o‘rtoqlar, tekin pishloq qopqonda bo‘lishini aslo esimizdan chiqarmaymiz. Lekin piar bo‘lganda ham rosa zo‘r piar bo‘libdi, chunki bir ko‘rgan odam Alisher Usmonovni saxiy odam, xalqni o‘ylab mana shunday ishlarni qilmoqda deb o‘ylaydi, qolganini surishtiradigan tentaklar kam-ku. 

@tentakminds

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан