Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Tarag‘ay"dagi ikkinchi "ish"
1.03.2021 15:27,  
251

"NasafNews" internet nashrining oldingi tanqidlaridan keyin ham «Tarag‘ay» tez tibbiy yordam shoxobchasiga hukumat tomonidan e’tibor qaratilmagan. Bu «Tarag‘ay»dagi hal etilishi kerak bo‘lgan birinchi muammo emas.

«Biz 9 ta tog‘li qishloqda 14 ming nafar aholiga xizmat qilyapmiz, – deydi shoxobcha shifokori Nodir Ergashev.
– Bitta «Damas» avtomobili ajratilgan. Eskiligi tufayli ayrim qishloqlarga «Damas» bilan chiqib borolmaymiz. Tuman tibbiyot birlashmasidan jihozlar ajratilishi bo‘yicha ko‘p bora yordam so‘raganmiz. Ammo ko‘rib turgan holatingiz, yordam bo‘lmagan».


Nodir Ergashev bizga ma’lumot berish chog‘ida tuman tibbiyot birlashmasining mas’uliyatsizligi haqida ham gapirmoqchi bo‘ldi. Ammo…

«Ularni endi yomonlab gapirib bo‘ladimi? So‘raganmiz, mana shkaflarimiz yetishmaydi, jihozlar yetishmaydi. Bularni so‘raganmiz, ha «beramiz-beramiz» deyishgan, lekin berilmadi»,- deydi u.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun kunda mazkur kichik binoda 27 nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda ekan. Xodimlar bino paxsadan qurilgani, har jihatdan eskirgani va devorlari yorilib, nurab ketganini aytishdi.
Buni o‘zimiz ham ko‘rib, yana bir bor guvoh bo‘ldik.
Ajratilgan «Damas»ning ham texnik holatini soz deb bo‘lmaydi.
«Tarag‘ay» tez tibbiy yordam shoxobchasi xodimlarining aytishicha, biz kelishimizdan biroz avval Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ravshan To‘lakov shoxobchaga boribdi. Rahbar xodimlar bilan birga shoxobcha uchun yangi bino qurishni muhokama qilgan. O‘ylaymizki, boshqarmaning yangi boshlig‘i yuqoridagi muammolarga befarq bo‘lmaydi. Agarda yuqoridagi holatlar e’tiborsiz qoldirilsa, biz mavzuga yana qaytamiz" deya yozmoqda sayt.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан