Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tehrondan Moskvaga qadar: musulmonlar Makronga qarshi norozilik namoyishlari uyushtirmoqda (fotojamlanma)
31.10.2020 16:28,  
3370

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronga qarshi namoyishlar butun dunyo bo‘ylab tarqaldi - musulmon davlatlarida namoyishlar bo‘lib o‘tdi, Fransiya rahbarining suratlari va mamlakat bayroqlari yoqildi. Iordaniya, Qatar, Kuvayt va Turkiyada shu hafta fransuz tovarlariga boykot e’lon qilindi, ba’zi do‘kon egalari ularni peshtaxtalardan olib tashladi.

Prezident Makron Islom inqirozga uchragan deb e’lon qilganidan va Fransiya Respublikasining dunyoviy qadriyatlarini radikal islomdan himoya qilishga chaqirgandan keyin norozilikning asosiy to‘lqini tarqaldi. "Biz karikatura va rasmlardan voz kechmaymiz", - dedi Makron 16 oktabr kuni Parijning chekka qismida radikal islomchi tomonidan boshi kesilgan o‘qituvchini xotirlash marosimida.

Makronning so‘zlaridan so‘ng islom dunyosining bir qator davlatlari rahbarlari g‘azablangan bayonotlar berishdi - ularning hammasi Yelisey saroyida yoqilgan islomofobiyaga qarshi kurashishga chaqirdilar. Hammasidan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning bayonoti oshib tushdi: u fransuz hamkasbiga “psixikasini davolashni” tavsiya qildi. Erdog‘anning so‘zlari fonida turk lirasi AQSh dollariga nisbatan tarixiy minimumga pasaydi: 1 dollar 8 liraga chiqdi. Bunga javoban Yevropadan norozi ovozlar yangradi: ko‘plab Yevropa siyosatchilari Makronga birdamlik bildirdilar va Turkiya rahbariga uning Fransiyadan tovarlarni boykot qilish chaqiriqlari Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan shartnomalarga zid ekanligini eslatdilar. Gazeta.ru nashri dunyoda Makronga qarshi uyushtirilayotgan namoyishlar haqida fotojamlanma tayyorladi.

 

Foto: Mohammad Panir Hossain / Reuters

Dakkada Emmanuyel Makronga qarshi namoyishlar, Bangladesh. 2020 yil 30 oktyabr

 

Foto: Pavel Golovkin / AP

Moskvadagi namoyishlar, Rossiya. 2020 yil 30 oktyabr

 

Foto: Ibraheem Abu Mustafa / Reuters

Falastindagi namoyishlardan lavha. 2020 yil 30 oktyabr 

 

Foto: Mahmud Hossain Oru / AP

Dakkada Emmanuyel Makronga qarshi namoyishlar, Bangladesh. 2020 yil 30 oktyabr

 

Foto: Feisal Omar / Reuters

Mogadishodagi namoyishlar, Somali. 2020 yil 30 oktyabr 

 

Foto: Mohammed Salem / Reuters

Falastindagi namoyishlardan lavha. 2020 yil 30 oktyabr 

 

Foto: Feisal Omar / Reuters

Mogadishodagi namoyishlar, Somali. 2020 yil 30 oktyabr 

 

Foto: Mahesh Kumar A / AP

Haydarobodda ham Makronga qarshi namoyishlar tashkillashtirildi, Hindiston. 2020 yil 30 oktyabr 

 

Foto: Ibraheem Abu Mustafa / Reuters

Falastindagi namoyishlardan lavha. 2020 yil 30 oktyabr

 

Foto: Mohammed Salem / Reuters

Falastindagi namoyishlardan lavha. 2020 yil 30 oktyabr

 

Foto: Reuters

Namoyishlar Indoneziyada ham bo‘lmoqda. 2020 yil 30 oktyabr

 

Foto: Danish Ismail / Reuters

Shrinagardagi namoyishlar, Hindiston. 2020 yil 30 oktyabr

 

Foto: Reuters

Tehronlik muslimalar namoyishda, Eron. 2020 yil 30 oktyabr

 

 

 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан