Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Telegram yangi funksiyalarni taqdim qildi
5.06.2020 10:51,  
2388

4 iyun kuni Telegram'ning navbatdagi yangilanishi chiqdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida xabar berildi.

Video muharriri

2015 yilda Telegram messenjer uchun unikal bo‘lgan, rasmlar sifatini yaxshilash va ularga chizma, stiker va matn qo‘shish imkonini beruvchi rasm tahrirlagichni taqdim etgan edi. Bugundan boshlab ushbu tahrirlagichda videolarni qayta ishlash hamda video va rasmlarga animatsiyali stikerlarni joylash imkoniyati ham paydo bo‘ldi.

Video tahrirlagich avtomatik ravishda video sifatini yaxshilash — yoki oddiy usulda yorqinlik, to‘yinganlik va boshqa parametrlarni sozlash, shuningdek, matn joylash yoki rasm qo‘shish imkonini beradi.

Rasm yoki videolarga chizishda endi makiyajingizni to‘g‘rilash yoki do‘stingizga ideal mo‘ylov chizish uchun masshtabni kattalashtirish mumkin.

 

Animatsiyali stikerlarni qo‘shish

Tarmoqning yangi versiyasi foydalanuvchilarga istalgan rasm yoki videoga animatsiyali stiker qo‘shish imkoniyatini beradi. Agar rasmga stiker joylasangiz, u avtomatik ravishda GIF-animatsiya sifatida yuboriladi.

Yaxshilangan GIF paneli

GIF panelida yangi Ommabop bo‘limi, shuningdek, mos keluvchi emoji bo‘yicha topish mumkin bo‘lgan GIFlar jamlanmasi paydo bo‘ldi.

Moslashuvchan jildlar

Agar chatlaringiz ko‘p bo‘lsa va jildlardan foydalansangiz, ro‘yxatdagi istalgan chatni jildlaringizdan biriga qo‘shish uchun uni bosib turing. Bu jildlardan chatlarni olib tashlashda ham ishlaydi.

Android uchun yangiliklar

Android foydalanuvchilari endi xabarlarni yangi ravon animatsiyalar bilan yuborish, tahrirlash va o‘chirib tashlashi mumkin. Shuningdek, boshqaruv tugmalari va uzun izohlar tezroq g‘oyib bo‘lishi uchun videopleyer yaxshilangan: 30 soniyadan qisqaroq videolar endi avtomatik takrorlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан