Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda yangi yil bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi
19.11.2020 20:33,  
531

Tojikistonda koronavirus pandemiyasi sababli yangi yil bayrami bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar bermoqda.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabi bu borada tegishli qaror qabul qildi.

Shtab qaroriga muvofiq, mamlakat poytaxtidagi madaniyat bog‘larida yangi yil archalari o‘rnatilmaydi.

Bayram kunlari aholi bog‘lar va madaniy istirohat maskanlariga himoya niqobi taqqan va ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda chiqishi mumkin.

 Tojikistonda yangi yil bayrami odatda keng nishonlanadi. Yangi yil arafasida mamlakatdagi barcha maydon va bog‘larda yangi yil archalari o‘rnatilib, bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 11,7 mingdan oshgan, 86 kishi vafot etgan.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан