Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimligi aholini kuchli shamol va yomg‘irdan ogohlantirdi
17.09.2020 18:07,  
408

«Gidrometeorologiya xizmati markazi»ning ma’lumotiga ko‘ra, bugun poytaxt Toshkentda shamol va qisqa muddatli yomg‘ir kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin.

Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.

Shu sababli Toshkent shahar hokimligi barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘radi.

«O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang» - deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан