Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 2 yoshli chaqaloq koronavirusdan tuzaldi – Jami sog‘ayganlar 1263 nafarga yetdi
2.05.2020 17:06,  
134

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 13 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Toshkent viloyatida. Ularning 6 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 7 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 9 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 8 nafar, Xorazm viloyatidan 3 nafar, Andijon viloyatidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ular respublika va viloyat sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘iston (7 nafari Nukus shahridan, 1 nafari Mo‘ynoq tumani)dan bo‘lib, ularning hammasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda 62 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 70 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazmda tuzalganlarning 1 nafari ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan., qolgan ikki nafar fuqaro esa Namangan va Samarqand viloyatlaridan. Ularning ikki nafari ham Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 135 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 138 nafarga yetdi.

Andijonda sog‘ayganlarning 1 nafari Andijon shahridan bo‘lib, 45 yoshda, yana 1 nafari Oltinko‘l tumanidan bo‘lib, 43 yoshda. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Shuningdek, yana poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Tuzalganlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, 7 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1263 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан