Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda mahkum Tohirjon Komilov kaltaklangandan keyin nimalar bo‘ldi?
19.08.2019 08:16,  
53

Ikki kun avval Toshkentda jazosini o‘tayotgan mahkumlarni ishlatayotgan keramika zavodi egalari Tohirjon Komilov ismli yigitni ko‘plashib do‘pposlagani haqida xabar bergan edik.

Xabar chop etilgach, darhol Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasidan (JIEBB) komissiya kelgan. Komissiya mahkumlarni yig‘ib Komilovning zavod egalari tomonidan kaltaklangani va mahkumlarga qilinayotgan muomala xususida suhbat o‘tkazgan. Hodisa yuzasidan ochiq guvohlik so‘rashgan. Komilovning o‘zi mahkumlar orasida ajratib olingan va yakka suhbat o‘tkazilgan. Uni kaltaklagan Mirkomil Fayziyev uzr so‘ragan. Mazmuni Sof.uzga noma’lum suhbat natijasida Komilov boshqalar bilan urushib zarb yegani va Fayziyevga da’vo qilmasligi to‘g‘risida tushuntirish xati yozib bergan. Voqeaga guvoh mahkumlardan ham bir ish chiqmagan.

Yangi tafsilotlarga ko‘ra, 17 avgust kuni Komilovni urish uchun Mirolim Fayziyev armatura ko‘tarib kelgan, biroq mahkumlarning biri uni to‘xtatishga jur’at topgan. E’tiborlisi shuki, JIEBB xodimlari Mirkomil Fayziyevning qilmishlarini anglagan va Komilov da’vo qilsa, uni jazolashlari mumkinligini bayon qilgan, biroq Komilov “erkakcha ish tutib, birovning ustidan yozib bermagan”.

Mirkomil Fayziyev voqeani internetga sizdirganlarni qidirishga harakat qilyapti.

Ma’lumot o‘rnida: Tohirjon Komilov 1991 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan va 2016 yil O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159- va 244-moddalari bilan ayblanib 6 yilga qamalgan.

CERAMICA PLUS zavodidan bozorga DELUXE brendi bilan rakovina, unitaz chiqadi.

Hodisani o‘rgangan VVS saytining yozishicha, 2016 yili Tohirjonni ishlab turgan do‘konidan maxsus kuchlar o‘g‘irlab ketgan. Uning daragi bir necha oy chiqmagan. Ular Tohirjonga nisbatan ayblar qiynoqlar va tahdidlar yordami bilan qo‘yilganini ta’kidlashmoqda. Mahkama Tohirjon Komilovning qiynoqqa tutildim, degan gaplarini e’tiborsiz qoldirgan.

Sof.uz Komilovning yaqinlari bilan bog‘landi. Ular VVS yozgan ma’lumotni tasdiqladi, Tohirjonning oddiy namozxon bo‘lganligini, hech qanday taqiqdagi guruhlarga aloqasi bo‘lmaganligini aytdi. Yuqoridagi hodisadan ayniqsa uning 90 yashar bobosi qattiq tashvishga tushgan.

Sof.uz Komilov ishi doirasidagi voqealar rivojini kuzatib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан