Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentlik ayolning 225 ming dollarlik mashinalarini yoqishda gumonlanuvchilar ushlandi (video)
18.03.2020 17:16,  
3204

Avval xabar qilganimizdek, shu yilning 8 mart kuni Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli “Mercedes-Benz GLS300” va “BMW X5” rusumli avtomobillari qasddan yoqib yuborilgan edi. Moddiy zarar summasi taxminan 225 000 AQSh dollari miqdorida baholangan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, ko‘rilgan choralar davomida ikkita avtomobillarni qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchilar ushlangan. Ular 30 yoshli samarqandlik Tursin E. va Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli Shahzod Sh.lar ekanligi ma’lum qilindi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан