Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp amerikalik harbiylar ustidan tergov boshlaganlarni jazolamoqchi
13.06.2020 12:13,  
433

Prezident Donald Tramp AQShning Afg‘onistondagi harbiylari ustidan tergov boshlagan Xalqaro jinoiy sud xodimlarini sanksiyalar bilan jazolashga ruxsat beruvchi farmon imzoladi. Bu haqda Amerika ovozi nashri xabar berdi.

AQSh Qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi 18 yillik amaliyotlari natijasida urush jinoyatlari qurbonlaridan amerikalik askarlar ustidan 700 ga yaqin shikoyat tushgan. Xalqaro jinoiy sud prokurori tarixda ilk bor amerikalik harbiylarni tergov qilishga ruxsat oldi.

Davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Gaagadagi sud siyosiylashgan bo‘lib, AQSh suverenitetiga tahdiddir. 

«Soxta sud fuqarolarimizga tahdid solsayu, biz jim qarab turmaymiz. Dunyo bo‘ylab yaqin ittifoqchilarimizga gapim shuki, sizning fuqarolaringizni ham shunday taqdir kutmoqda», - dedi Pompeo.

AQSh tergovda qatnashgan sud xodimlariga iqtisodiy va viza sanksiyalari qo‘yishini ma’lum qildi. Inson huquqlari guruhlari Amerikaning bu qadamini qoraladi.

«Prezident farmonining xavotirli tomoni shundaki, Tramp ma’muriyati AQShga va umuman dunyodagi barcha odamlarga qarshi o‘ta xavfli bo‘lgan tahdid yuz berganda qo‘llanadigan choralarni ishga solmoqda», - deydi «Xalqaro Amnistiya» tashkilotidan Daniyel Balson.

Xalqaro sud aynan nimani tergov qilmoqchi?

«Sud tergovchilari urush jinoyatlari, Afg‘oniston hududida barcha taraflar tomonidan sodir etilgan jiddiy urush jinoyatlari bilan shug‘ullanmoqchi. Tabiiyki, Qo‘shma Shtatlar urushda ishtirok etgan taraflardan biri. Tolibon, Afg‘oniston hukumati, ittifoqchi davlatlar ham. Tramp ma’muriyati bu taraflardan faqat bittasini jazoga daxlsiz qilmoqchi», - deydi Balson.

AQSh Xalqaro jinoiy sudni tashkil etgan Rim nizomiga qo‘shilmagan va sud vakolatini hech qachon tan olmagan, deydi AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper.

«Shuning uchun ham mamlakatimiz va bu ma’muriyat vataniga xizmat qilgan fuqarolarining noqonuniy tergovga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buning o‘rniga sud fuqarolarimiz sodir etgani da’vo qilinayotgan jinoyatlar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni bizga uzatsin va biz tegishli chora ko‘ramiz. Biz hamisha shunday qilib kelganmiz», - dedi Esper.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан